+9 (9871) 278-55-64

graph

9:00 дан 17:00 гача
UZ / RU
Kollej hayotidan Talabalarga Muallimlarimiz Jadval
Home  /  Янгиликлар  /  Maktabga tayyorlov

Maktabga tayyorlov

« Back

17.11.2022 15:00


So'nggi habarlar
”Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

🔹️Toshkent pedagogika kollejida  ”Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.🔹️Tadbirda Toshkent shahar diniy qo’mita mas’ul xodimi O.Shukuriddinbekov, Chilonzor tuman IIB xodimi B.Ismoilov, “3-Charx-Komolon” MFY raisi A.Sattorov, MFY faoli  A.Abdusalamov, Toshkent pedagogika kolleji direktori M.X.Tadjiyeva, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari, 3-Charx Komolon  mahalla faollari ishtork etishdi. 🔹️Tadbirda o'quvchilarga ommaviy axborot vositalar orqali butun dunyoga keng yoyilayotgan ekstremistik, terroristik harakatlarning noqonuniy ish yuritishi, noqonuniy nashidalar, ma'ruzalar, noto'g'i talqinli qo'llanmalardan foydalanmaslik, ruhiyatga ta'sir etuvchi videolavhalar va qo'shni davlatlarda bo'layotgan jarayonlardagi lavhalarni o'quvchilar ongiga singdirib borishining salbiy tomonlari haqida gapirib o'tildi.

photo_2024-06-08_00-24-40 photo_2024-06-08_00-24-46 photo_2024-06-08_00-25-11   photo_2024-06-08_00-25-14   photo_2024-06-08_00-25-18    photo_2024-06-08_00-24-54

Buyuk Turkman  shoiri va mutafakkiri Maxtumquli  Firog’iy tavalludining 300-yilligiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Toshkent pedagogika kollejida Buyuk Turkman  shoiri va mutafakkiri Maxtumquli  Firog’iy tavalludining 300-yilligiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatini  Toshkent pedagogika kolleji O'TIBDO'  L.Rahmatullayeva ochib berdi. Maxtumquli she’rlari tog’ bag’ridan qaynab chiqqan zilol chashmaning suvi kabi musaffodir. Ular lola-rayhonli, gul-lolali bog’-bo’stonning muattar hidi kabi barq urib, ko’ngilni zavqu shavqqa to’ldiradi deb T. O’rmanova so'z navbatini davom ettirdi. O’quvchi qizlar tomonidan shoirning  she’riy asarlari  ma’noli –ifodali o’qib berildi va o’z fikr-mulohazalari  bildirib o’tildi.

photo_2024-06-08_00-20-44   photo_2024-06-08_00-20-49    photo_2024-06-08_00-21-06

Amaliy dars

Toshkent pedagogika kolleji "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi 202- sirtqi bo'lim o'quvchilarini "Tasviriy faoliyat metodikasi" fanida "Noan'anaviy buyum yasashda tuzli xamirdan foydalanib ishlash" mavzusida o'tkazilgan amaliy darsdan fotolavhalar.

photo_2024-06-08_00-00-43     photo_2024-06-08_00-00-59 photo_2024-06-08_00-01-03

Navruz sayli

🌸 Toshkent pedagogika kolleji o'quvchi va o'qituvchilari Chilonzor tumani "Bunyodkor"sport majmuasi yonidagi katta ochiq maydonda tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan katta Navro'z saylida  ishtirok etishdi.🌸 Navro'z saylini tuman hokimi S.Xolxo'jayev rasman ochib berdi va shahar hokimligidan kelgan ma'sullar tumanimiz ahlini qutlug' ayyom bilan qutlab, ezgu niyatlar bildirdi.                                                                       🌸 Sayil davomida konsertlar, festevallar, yarmarka, ko'ngil ochar namoyishlarga boy  tarzda o'tdi.

🌸 Toshkent pedagogika kollejini faoliyatini telegram kanallarida kuzatib boring.

photo_2024-06-07_23-50-46  photo_2024-06-07_23-50-50  photo_2024-06-07_23-50-53

photo_2024-06-07_23-50-57 photo_2024-06-07_23-51-01 photo_2024-06-07_23-51-10

 

 

 

 

 

Yangi kitoblar ko'rgazmasi  tashkil etildi

Joriy yilning 24 aprel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi  qarori va O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligining farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent pedagogika kolleji Axborot resurs markazida "Jadidlar: milliy o’zlik, istiqlol va davlatchilik g’oyalari" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi va yangi kitoblar ko'rgazmasi  tashkil etildi.

photo_2024-06-07_23-40-08 photo_2024-06-07_23-40-18 photo_2024-06-07_23-40-22  photo_2024-06-07_23-40-26  photo_2024-06-07_23-40-30 photo_2024-06-07_23-40-43