+9 (9871) 278-55-64

graph

9:00 дан 17:00 гача
UZ / RU
Kollej hayotidan Talabalarga Muallimlarimiz Jadval
Home  /  Колежимиз

Коллежимиз ҳақида

Ta’lim muassasasi haqida ma’lumot

1936-yilda Xalq  komissariyati tomonidan Toshkent shahar, O‘qchi ko‘chasi 123-uyda Respublika maktabgacha tarbiya pedagogika bilim yurti tashkil etilgan. 1967-yilda bilim yurti Muqumiy ko‘chasi 178-binoga ko‘chib o‘tadi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 16-iyuldagi 192-sonli buyrug‘iga binoan o‘quv muassasasi negizida Toshkent pedagogika kasb-hunar kolleji tashkil etildi. 2000-yilda ta’lim muassasasiga Toshkent pedagogika kolleji maqomi berildi.                          

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-son qaroriga ko‘ra Toshkent pedagogika kolleji O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Toshkent pedagogika kolleji butun faoliyati davomida Respublikamiz xalq ta’limi  tizimi va maktabgacha ta’lim tizimi uchun minglab o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlarni yetishtirib bergan.

    Toshkent pedagogika kollejida 1000 nafarga  yaqin o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ularga o‘z kasbining tajribasiga ega bo‘lgan fan nomzodlari, bosh, katta va yetakchi toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar. Kollej o‘qituvchilaridan 2 nafari  “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Kollej o‘qituvchisi D.Karimova “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Kollejning 2 nafar o‘qituvchisi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi ko‘krak nishonini olgan.

Yillar davomida ta’lim muassasasining nomi quyidagicha nomlangan:

Ta'lim muassasasi  Yillar
1

N.K.Krupskaya  nomidagi pedagogika bilim yurti 

1936 - 1995 yillar
2

2-Toshkent pedagogika bilim yurti

1995 - 1998 yillar

3

Toshkent pedagogika kasb-hunar kolleji

1998 - 2000 yillar

4 Тoshkent pedagogika kolleji

2000 yildan hozirgi kunga qadar

   

Ta’lim muassasasi tomonidan yaratilayotgan metodik ta’minot

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari asosida mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi sifatida Respublika pedagogika kollejlariga malaka talablari, o‘quv rejasi va fan dasturlari to‘plami ishlab chiqilish belgilangan.

          O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qaroriga asosan “Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi pedagogika kollejlari uchun ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yangi avlod o‘quv adabiyotlarni yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021-yil 30-aprelda 7-son bilan buyruq chiqarilgan. Toshkent pedagogika kollejidan o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha mualliflar guruhida 13 nafar muallif ishtirok etdi.

          O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentyabrdagi 465-sonli buyrug‘i asosida “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida” buyrug‘i asosida ta’lim muassasasida 13 ta o‘qitish materiali yaratilib platformaga joylashtirildi. Har bir fandan o‘qitish materiallari yaratish maqsad qilib olindi. Kollej o‘qituvchilari 2021-2022-o‘quv yilida 33 ta xalqaro konferensiyalarda maqolalari bilan qatnashdilar.

“ITEC” дастури асосида 22

343

   

So'nggi habarlar
Yong‘in xavfsizligi oyligi

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan tadbir

    2022-yil 18-noyabr kuni “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi doirasida Chilonzor tumani FVB xodimlari  bilan hamkorlikda kuz-qish davrida yongʻin xafsizligini ta’minlash maqsadida elektr energiyasi, gaz va boshqa isitish vositalariga ehtiyotkor boʻlishligi va yongʻin xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar oʻquvchilarda soha boʻyicha amaliy koʻnikmalarni hosil qiladi.

18.11.2022 - 1 18.11.2022 - 2

The animals

“The animals” mavzusida ochiq dars

    Toshkent pedagogika kollijida 2022-yil 18-noyabr kuni zamonaviy tarbiyachi oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlishi bilan bir qatorda xorijiy tillarni bilishi davr  taqozosidir. Ingliz tili fani oʻqituvchisi D. Raximova oʻz darslarida  oʻquvchilarga maktabgacha  ta’lim muassasalarida bolalarga ingliz tilini oʻrgatish metodlari va yoʻllarini interfaol ta’lim usullarini qoʻllagan holda, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib oʻrgatadi

18.11.2022 - 2 18.11.2022 - 3 18.11.2022 - 1 18.11.2022 - 4

Maktabga tayyorlov

Maktabga tayyorlov guruhi

Toshkent pedagogika kolleji tasarrufida tashkil etilgan “Bolalarni bir yillik majburiy maktab ta’limiga tayyorlov guruhi”da ta’lim-tarbiya ishlari sentyabr oyidan qizgʻin tus oladi. Bolajonlarni maktabga tayyorlash bo‘yicha barcha ishlar Davlat talablari va “Ilm yoʻli” variativ dasturi orqali amalga oshirilishi bilan bir qatorda, ularni ijtimoiy hayotga faol kirib borishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida turli ko‘rinishdagi rang-barang tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar uyushtirilib boriladi.

Bolajonlarni Vatanparvarlik ruhida ulgʻayishlari uchun milliy bayramlarimiz arafasida ertaliklar uyushtirilishi, teatr va sahna ko‘rinishlari orqali esa ulardagi badiiy-ijodiyotga qiziqishi, turli tuman o‘yinlar orqali  ularning jamiyatga, ijtimoiy hayotga tayyorlab borilishi ta’minlanmoqda. Bundan bolajonlar bilan birgalikda ota-onalar  ham mamnundirlar

 

17.11.2022 - 1 17.11.2022 - 2 17.11.2022 - 3 17.11.2022 - 4

Ilk qadam

"Ilk qadam" o‘quv dasturining  mavzusiga muvofiq "Transport dunyosiga sayohat" mavzusida ochiq dars

     2022-yil 10-noyabr kuni Toshkent pedagogika kollejida “Maktabgacha ta'lim” yo‘nalishi o‘qituvchisi Kamalova M. R. 1/7-guruh o‘quvchilari bilan hamkorlikda "Ilk qadam" o‘quv dasturining mavzusiga muvofiq "Transport dunyosiga sayohat" mavzusida maktabgacha ta'lim muassasasining kichik guruhida o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish bo‘yicha pedagogik amaliyot bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

Oyning mavzusi: Transport, yo‘l harakati qoidalari. Xavfsizlik va hayot asoslari

Haftaning mavzusi: Transport bilan tanishish

10.11.2022 - 1 10.11.2022 - 2 10.11.2022 - 3 10.11.2022 - 4

 

Ehtiyotkor piyoda

“Ehtiyotkor piyoda” mavzusida ochiq mashg‘uloti

2022-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani 287-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo‘nalishi 2/6 guruhi o‘quvchilari va amaliyot rahbarlari Safarboeva Dilnoza boshchiligida “Ehtiyotkor piyoda” mavzusida ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

08.11.2022 - 1 08.11.2022 - 2 08.11.2022 - 3 08.11.2022 - 4 08.11.2022 - 5